老年人血压忽高忽低是什么原因
Betaraf nuqtayi nazar qoidasi — Vikipediyaning eng muhim qoidalaridan biri; u mualliflardan sovuqqonlik ila maqola yozishni, manbalarga ishorat berishni va mustaqil tadqiqotlardan foydalanmaslikni talab etadi va shu yo?l bilan Vikipediyada faqat ishonchli ma?lumotlar bo?lishini ta?minlaydi. Qoida loyiha asosida yotadi va Jimmy Walesga ko?ra, ?mutlaq va muhokama qilinmasdir“.[1] (ingl.)
Nuqtai nazarning ?betarafligi“ Vikipediyaning biror-bir nuqtai nazarga yon bosmasligini bildiradi. Maqoladagi barcha ta?kidlar haqiqat kabi emas, balki uchinchi shaxs nomidan keltirilishi kerak. Istisno sifatida faqat tan olingan ilmiy yoki oddiy faktlar (?Yer Quyosh atrofida aylanadi“ yoki ?Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi“) bo?lishi mumkin, shunda ham ular mutlaq, bir ma?noli shaklda berilish kerak. Masalan, ?Quyosh — katta jism“ yoki ?Hitler eng razil jinoyatchi, deb hisoblanadi“ kabi ta?kidlar betaraf emas, chunki:
- Nimaga nisbatan ?katta“ ekanligi aytilmagan.
- ?Hisoblanadi“ (kim tomonidan?), ?eng razil“ (razillikning o?lchovi bormi?) va ?jinoyatchi“ (qaysi qonunlarni buzgan?) so?zlarining ma?nosi aniq emas. Ta?kid haqiqat kabi keltirilmoqda, lekin ba?zilar tomonidan yolg?on, deb qabul qilinishi mumkin (?yo?q, Stalin Hitlerdan ham razil edi“ kabi).
Obyekt haqida bir necha farqli fikr va tasavvurlar mavjud bo?lsa, Vikipediya maqolalari eng kamida ular haqida eslatib o?tishi lozim, agar ular to?liq bayon etilsa — nur ustiga a?lo nur. Bunda ulardan birortasini bevosita yoki bilvosita haqiqat, deb keltirish mumkin emas.
Betaraflik va ilmiy uslub
[manbasini tahrirlash]Vikipediya qomus bo?lishga intiladi, bundan ko?pi ham, kami ham kerak emas, shuning uchun unda betaraf ilmiy nutq uslubi qo?llanilishi lozim. BNN qoidalari ushbu ilmiy uslub me?yorlarini ko?rsatib beradi.
Betaraflik, ishonchlilik va manbalarga ishoratlar
[manbasini tahrirlash]Manbalarga ishoratlar berish betaraflik siyosatini to?ldiradi, biroq uning o?rnini bosmaydi. Masalan, barcha ta?kidlari manbalari ko?rsatilgan maqola betaraf bo?lmasligi mumkin, agarki u ushbu ta?kidlarni haqiqat kabi bersa.
Va aksincha, maqola tasdiqlanmagan va hatto, yolg?on ma?lumotlardan iborat bo?lishi, lekin betaraf hisoblanishi mumkin: u ushbu ma?lumotlarni haqiqat sifatida yoritmasa bas.
Tarafdorlik va chalalik
[manbasini tahrirlash]Betaraflik siyosatiga mos kelmaydigan maqolalar ikki turga ajratiladi: betaraflik qoidalarini yaqqol buzuvchi maqolalar va barcha fikrlarni yoritmaydigan maqolalar.
Birinchi holda maqola tarafdor, deb belgilanishi lozim ({{POV}}). Bunday maqoladagi betaraf bo?lmagan ma?lumotlar o?chirilishi yoki tuzatilishi kerak. Ikkinchi holda maqolani chala, deb belgilash shart ({{stub}}).
BNN ilk ta?rifi
[manbasini tahrirlash]Betaraf nuqtai nazar fikr va faktlarni ularning tarafdorlari ham, ularga qarshilar ham qabul qiladigan shaklda berishga harakat qiladi. Albatta, 100 % rozilik ilojsiz; o?z nuqtai nazarlaridan boshqa qarashlarni qabul qilmaydigan insonlar ham bor. Qo?limizdan kelgan narsa — shunday bayon shakli izlashki, ushbu bayonotga nuqtai nazarlari ba?zi masalalarda farqlanishi mumkin sog?lom fikrlovchi kishilar qo?shilishsin.[…]
Ehtimol, bayonotni ensiklopedikroq qilishning eng oddiy usuli — odamlarning qarashlari qanday ekanligi haqida yozish, bu qarashlar rost-yolg?on ekanligi haqida emas. Agar bu sizga subyektivizm, kollektivizm yoki imperializm kabi narsalardek tuyulayotgan bo?lsa, bu haqda mendan so?rang, chunki men bu holda siz adashyapsiz, deb o?ylayman. Odamlarning qarashlari obyektiv holatda mavjuddir, va biz ularni betaraf nuqtai nazardan osonlikcha ta?riflashimiz mumkin.
Jimmy Wales, Vikipediya asoschisi.
Sovuqqon maqolalar yozish san?atini egallash uchun amaliy tajriba kerak. BNN borasida mohir bo?lib ketgan istirokchilar Betaraflik darsligi yozishga taklif etiladilar.
Betaraf bo?lmagan ta?kidlarga misollar va ularni betaraf ko?rinishga keltirish usullari
[manbasini tahrirlash]1-misol. Hissiy baholash
[manbasini tahrirlash]Betaraf emas:
Beqiyos iqtidor egasi shoir She?riy zamonamizning eng buyuk shoiridir va undan jamiki ilg?or insoniyat hayratdadir.
Betaraf:
Shoir She?riy tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan (ishorat, ishorat), ?Mushtum“ jaridasining eng yaxshi lirik she?r uchun mukofotini olgan. Adabiy munaqqid Tanqidiy u haqida ?Xalq so?zi“ ro?znomasida shunday degan: ?She?riy dahodir“ (ishorat).
2-misol. Hissiy tanqid
[manbasini tahrirlash]Betaraf emas:
Shoir She?riy o?zining rasvo yozgi-chizgilari bilan tahririyatlar joniga tekkan noqis sharlatandir.
Betaraf:
Tanqidchilar va kitobxonlar bir necha bor shoir She?riyga qarshi fikrlar bildirishgan (ishorat, ishorat). Adabiy munaqqid Tanqidiy u haqida ?Xalq so?zi“ ro?znomasida shunday degan: ?She?riy she?rlari zerikarli va tezda jonga teguvchidir“ (ishorat).
3-misol. Ilmiy yo?nalish reklamasi
[manbasini tahrirlash]Betaraf emas:
Anqoshunoslik — yangi ilmiy yo?nalish bo?lib, astral proeksiyada anqoning muhim informatsion-biologik ahamiyati borligini qat?iy isbotlaydi. Anqoshunoslik asoschisi, akademik va Butunjahon Anqoshunoslik Fanlari Akademiyasi mukofoti sovrindori Anqoyev anqoshunoslik har bir uyda, har bir maktabda va muassasada kerakligini aytdi.
Betaraf:
Anqoshunoslik tarafdorlari ?astral proeksiyada anqoning muhim informatsion-biologik ahamiyati borligini“ ayniqsa urg?ulashadi (ishorat). Anqoshunoslik asoschisi, shuningdek Butunjahon Anqoshunoslik Fanlari Akademiyasini tuzgan Anqoyev anqoshunoslikni keng ko?lamda maktablar, muassasalar hamda oilalarga kiritish dasturini ishlab chiqdi.
4-misol. Soxta ilmiy yo?nalish tanqidi
[manbasini tahrirlash]Betaraf emas:
Anqoshunoslik — g?irt muttahamlikning o?zginasi, anqoshunoslik prinsiplari va xulosalari mutlaqo isbotsizdir. Anqoshunoslik asoschisi Anqoyev fanga hech qanday aloqasi bo?lmagan o?zining Akademiyasini tuzgan.
Betaraf:
Akademik doiralarda anqoshunoslik ko?p bora tanqid qilingan (ishorat, ishorat) va uning nazariyalari hamda xulosalari shubha ostiga olingan (ishorat, ishorat). Anqoshunoslik asoschisi Anqoyev tuzgan Butunjahon Anqoshunoslik Fanlari Akademiyasi akademik muassasalar tomonidan tan olinmagan. Professor Tanqidiy anqoshunoslik tarafdorlarini muttahamlikda aybladi (ishorat).
5-misol. O?zaro qaytarishlar bilan kechgan siyosiy bahs va uning yechimi
[manbasini tahrirlash]Betaraf:
Mbeki Kabumba — Targ?ibot hamda Xalq Ta?limi vaziri, korrupsiya, jinoyat, dezinformatsiya va bo?htonga qarshi ashaddiy kurashuvchi armiya va madaniyat arbobi, Maputu mukofoti sovrindori. Xalqning cheksiz ishonchiga sazovor bo?lgan.
Qaytarilgan va yana betarafmas ta?rif bilan almashtirilgan:
Mbeki Kabumba — sharlatanlik, qo?rqitish va firiblarda ayblangan jinoyatchi, o?zini ko?psonli jinoyatlar bilan qonga belagan fashist jallod. Korrupsiyaga botgan mafiya ketidan mansabga erishgan.
Betaraf matn:
Mbeki Kabumba — Targ?ibot hamda Xalq Ta?limi vaziri, Maputu mukofoti sovrindori. Kabumbaning tarafdorlari uni yetuk armiya va madaniyat arbobi, korrupsiya va jinoyatga qarshi kurashchi, deb hisoblashadi (ishorat, ishorat).
Tanqid
Kabumbaning muxoliflari uni qator jinoyat va firiblarda ayblashadi va ommaviy axborot vositalarida uni ?fashist jallod“, deb atashgan (ishorat, ishorat, ishorat).
Ushbu misolda qarama-qasrhi fikrlar maqolaning turli qismlarida keltirilgan. Avvalboshda obyektiv axborot berildi. So?ngra — tarafdorlar fikrlari. Keyin esa — raqiblar tanqidi. Bunda (ayniqsa tanqid qismida) manbalarga ishoratlar keltiriladi. Manba sifatida shaxsiy tadqiqotlar ishlatilishi mumkin emas.